Dollarning rasmiy kursi qatorasiga to'rtinchi kun pastladi

0

Markaziy bank 14 sentyabrdan xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.


Unga ko'ra, dollarning rasmiy kursi 4,22 so'mga pastlab, 10 651,69 so'mni tashkil qildi. Yevro 51,87 so'mga pastlab, 12 560,47 so'm bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, dollarning rasmiy kursi 27 avgustdan buyon ko'tarilishda davom etayotgandi. 8 sentyabrdan ushbu valyuta kursi pastlashni boshladi. Respublikadagi ayrim tijorat banklarida esa shu kuni dollar kursi birinchi marta 10 750 so'mga qadar ko'tarilgandi.

loading...