Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi

0

Prezident farmoniga ko'ra, ombudsman faoliyati takomillashtiriladi. Jumladan, konstitutsiya va boshqa qonunlarga o'zgartish kiritish orqali ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi. Bir shaxs ikki martadan ko'p ombudsman etib saylanmaydi. Ombudsmanning hududlardagi doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakolatli vakillari uchun 14 shtat birligi ajratiladi.

loading...