Yaponiyada Pfizer vaksinasining samaradorligi 85-96 foizga baholandi

0

Kioto universiteti mutaxassislari Pfizer vaksinasining samaradorligi 85-96 foiz ekanini aniqladi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali xabar berdi.
O'tgan yil yozda Kioto universitetining bir guruh olimlari tadqiqot olib borgan. Ular 10 mingdan ziyod virus yuqtirgan mahalliy aholi natijalarini tahlildan o'tkazgan.

Virusga chalinganlarning aksariyati emlanmagan, bu mutaxassislarga preparatning samaradorligini hisoblash imkonini bergan. Xabarda aytilishicha, 20-60 yoshli erkaklar orasida Pfizer vaksinasining samaradorligi 89-93 foizga teng, undan yuqori yoshdagi erkaklarda esa bu ko'rsatkich 94-97 foizga yetgan.

Huddi shu 20 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan ayollar orasida vaksinaning samaradorligi 85 foizdan 91 foizgacha, 60 yoshdan oshgan ayollarda esa 92-96 foizni tashkil qilgan.

Yaponiyalik mutaxassislar tadqiqot mamlakatda “delta” shtammi keng tarqalgan davrda o'tkazilganini ta'kidlamoqda.

Ma'lumot o'rnida, hozirgacha Yaponiya aholisining kamida 50 foizi koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina bilan emlangan.

Mamlakatda AstraZeneca, Pfizer va BioNTech hamda Moderna vaksinalari keng qo'llanilmoqda.

TASS