Afg'oniston Adliya vazirligi erkak xodimlarning zudlik bilan ishga qaytishini talab qildi

0

Afg'oniston Adliya vazirligi erkak xodimlarning zudlik bilan ish joylariga qaytishi va faoliyatini boshlashni talab qildi. Bu haqda Afghan Urdu portali xabar bermoqda.

“Afg'oniston Adliya vazirligi erkak xodimlariga markaz va viloyatlardagi ish joylariga zudlik bilan qaytishlarini talab qildi, aks holda ular ishdan bo'shatiladi”, – deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, ushbu buyruq ayollarga taalluqli emas.

“Ayol xodimlar uchun yaqin vaqt ichida alohida e'lon beriladi”, – deb yozadi portal.

7 sentyabr kuni “Tolibon” harakati Afg'oniston Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini e'lon qilgandi. Mavlaviy Abdulhakim Ishoqzay adliya vaziri etib tayinlandi. U “Tolibon” harakatining asoschilaridan biri hisoblanadi.

kun.uz

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here