BAA Qirg'izistonda Islom akademiyasini quradi

0

Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat muftiysi Zamir Rakiyev bilan uchrashuv o'tkazdi, unda mafkuraviy xavfsizlik, dinlararo bag'rikenglik va diniy ta'lim masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Regnum AA ga asoslanib O'zbekiston musulmonlar idorasi xabar bermoqda.

Qirg'iziston Prezidenti ekstremistik g'oyalar tarqalishining oldini olish maqsadida diniy ta'lim va tarbiya sifatini akademik darajada oshirish zarurligini alohida ta'kidlagan.

«Bu yo'nalishda musulmonlar diniy idorasining o'rni juda muhim. Mamlakat xalqi madaniyatlarining birligi va xilma-xilligini asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatni birlashtirish borasidagi ishlarni mustahkamlash zarur», – deb ta'kidlaydi Prezident.

Shuningdek, Japarov Chuy viloyatidagi To'qmoq shahrida Islom Akademiyasi qurilishi Birlashgan Arab Amirliklarining shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayyon xayriya va gumanitar jamg'armasi ko'magida amalga oshirilayotganini ham aytib o'tgan.

Akademiya qurilishi uchun ikki gektar yer ajratilgan. Ta'lim muassasasiga 200 ga yaqin o'quvchi qatnashi taxmin qilingan. Ma'lum bo'lishicha universitet talabalarni aralash magistratura va doktorantura dasturiga tayyorlaydi. Akademiya talabalari nafaqat diniy, balki dunyoviy ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladi, bu esa diniy fanlarni chuqur o'rganishni o'z ichiga oladi.

«Islom Akademiyasi qurilishida hamkorlik to'g'risidagi bitim 2019 yilda BAAda imzolangan», deyiladi xabarda.

loading...