Pensioner ayol avval zo'rlandi, so'ngra…

0

Moskva viloyatida pensioner ayol zo'rlab, o'ldirildi: 2 nafar migrant qo'lga olindi.

Moskva viloyatida pensionerni zo'rlash va o'ldirishda gumon qilingan ikki nafar migrantga nisbatan ayblov e'lon qilindi.

 

Kuni kecha Sergiyev Posad yaqinidagi o'rmonda 67 yoshli ayolning jasadi zo'ravonlik belgilari bilan topilgan.

 

“Issiq izlar” bo'yicha ikki nafar migrant qo'lga olindi – mahalliy hokimiyat ma'lumotiga ko'ra, ular Tojikiston fuqarolari. Kechqurun qotillik sodir etilgan Bujaninovo qishlog'ining aholisi yig'ilib, gastarbayterlar yashaydigan yotoqxonani yopishni talab qilishdi.

 

Moskva viloyati tergov organlari qo'shni davlatlarning 2 nafar fuqarosiga ayblov qo'ydi.

Voqea joyi ko'zdan kechirildi, jinoyat sodir etilgan vaqtda erkaklarning ustida bo'lgan kiyimlar olib qo'yildi. Ayblanuvchilardan ekspertiza uchun biologik namunalar olindi. Sud-tibbiy, genetik, barmoq izlari, psixologik va psixiatrik ekspertizalar tayinlandi, guvohlar so'roq qilindi.