Talabalar saylovda qatnashish uchun uylariga qaytadimi?

0

Endilikda yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun doimiy yashash joyidagi saylov uchastkasiga borishlari shart emas.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilda bo'lib o'tadigan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qo'shimcha imkoniyat yaratildi. Unga ko'ra, talabalar o'z saylov uchastkasini o'zgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin bo'lmoqda.

Masalan, Toshkentda tahsil olayotgan xorazmlik talaba saylov uchastkasini o'zgartirish haqida onlayn ariza yuborib, Toshkent shahrida saylovda qatnasha oladi.

Fuqarolar o'z saylov uchastkalarini almashtirishlari uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishlari so'ralmoqda.

loading...