Toshkent metrosida aniqlangan shubhali sellofan paket yuzasidan ma'lumot berildi (video)

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metro bekatlarining beridi shubhali sellofan paket topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, sariq rangli shubhali paket «Paxtakor» bekatida 13 sentyabr kuni soat 16:34 da aniqlangan. Uni tekshirish uchun maxsus guruhga xabar berilayotganda qashqadaryolik 21 yoshli yigit kelib sellofan unga tegishli ekanini va unutib qoldirganini aytgan. Shundan so'ng yigit kelgusida bu kabi holatga yo'l qo'ymasligi haqida tilxat yozib, o'ziga tegishli buyumni olib ketgan.

Sellofan ichida yigitga tegishli erkaklar kiyim kechaklari borligi ma'lum qilindi.

loading...