Tovuq jigari va nokdan tayyorlanadigan salat

0

Tabiiy mahsulotlar yordamida vitaminlarga boy salat tayyorlab ko'rishni tavsiya qilamiz.

Kerakli mahsulotlar:

 

zaytun moyi — 2-3 osh qoshiq;

sariyog' — 3-4 osh qoshiq;

tovuq jigari — 400 gramm;

zira — 1 choy qoshiq;

nok — 2 dona;

apelsin — 1 dona;

mayiz — 50 gramm;

shakar — 1 osh qoshiq;

salat bargi, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

 

Tovada 1-2 osh qoshiq zaytun moyini o'rtacha olovda qizdirib, sariyog' eritib olinadi.

Jigar o'rtacha bo'laklarga bo'linib, ziravorlanadi. Har ikki tomoni taxminan 3 daqiqa davomida pishiriladi.

Nok ingichka to'g'raladi. Mayiz bilan aralashtirib, bir chimdim tuz va shakar sepiladi. Aralashma bir necha daqiqa davomida qizarguncha qovuriladi.

Salat barglari, jigar, nok va mayizli massa idishga solinadi.

Apelsin sharbati siqib chiqariladi. Tuz bilan murch sepib, qaynatiladi. Ustidan zaytun yog'i quyib, aralashtiriladi.

Tayyor bo'lgach, nokli massa ustidan quyib, dasturxonga tortiladi.

loading...