O'zbekistonda xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan qiymati oshdi

0

Markaziy bank 15 sentyabrdan xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Unga ko'ra, dollarning rasmiy kursi 34.93 so'mga ko'tarilib, 10 686.62 so'mni tashkil qildi.

Evro ham 64.70 so'mga oshib, 12 625.17 so'm bo'ldi.

Shuningdek, 1 Rossiya rubli 0,50 so'mga yuqoriladi va 146,54 so'mni tashkil etdi.

loading...