1 mln AQSh dollari ko'rinishidagi kupyurani sotayotgan firibgarlar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.N. va I.P.lar oldindan til biriktirib, firibgarlik va ishonchini suiiste'mol qilish yo'li bilan hech qanday qiymatga ega bo'lmagan 1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 000 000 AQSh dollari ko'rinishidagi yaxlit kupyurani fuqaro U.ga 40 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

 

loading...