Ushbu 4 elementning yetishmasligi bosh og'rig'iga sabab bo'ladi

0

Tanada ba'zi elementlarning yetishmasligi bosh og'rig'iga 4 barobar ko'proq ta'sir etishi isbotlangan. Ular quyidagilar:

-Foliy kislota va B12 vitamini
Foliy kislota ismaloq, qushqo'nmas, oshqovoq, sabzi, lavlagi tarkibida ko'p miqdorda mavjud. Vitamin B12 esa tovuq tuxumida mavjud bo'ladi.

– Mis va temir
Organizmda temir zaxirasini yaratish uchun dengiz o'tlari, kunjut urug'lari, donli mahsulotlar, salat bargi, jigar iste'mol qilib turishni unutmang.

 B6 vitaminining yetishmovchiligi
Uning yetishmovchiligini bartaraf qilish va yurak qon-tomirlari, asab va miya salomatligini saqlash uchun don mahsulotlari, sabzavotlar, jigar, loviya iste'mol qilish kerak.

D vitamini yetishmovchiligi
Ma'lumki, D vitamini tanada tabiiy ravishda quyosh nurlari ostida hosil bo'ladi. Ammo qishda uni oziq-ovqat mahsulotlari, ya'ni loviya, dengiz mahsulotlari, tuxum va sut mahsulotlari bilan to'ldirish mumkin.

SoglomHayot

loading...