25 sentyabr kuni O'FAning navbatdagi hisobot-saylov Kongressi o'tkaziladi

0

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustaviga asosan joriy yil 25 sentyabr kuni soat 14:30da Toshkent shahri, Olmazor ko'chasi, 6-uy manzilida joylashgan O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi majlislar zalida O'FAning navbatdagi hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tadi. Bu haqda O'FA Matbuot departamenti xabar berdi.

O'FAga a'zo tashkilotlar tomonidan jami 24 nafar nomzod lavozimlar kesimida kelib tushdi. O'FA Saylov qo'mitasi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko'ra, nomzodlarning quyidagi ro'yxati shakllantirildi. Jumladan:

O'FA Prezidenti lavozimiga:

-Azizov Abdusalom Abdumavlonovich

O'FA Birinchi vitse-prezidenti lavozimiga:

-Irmatov Ravshan Sayfiddinovich

O'FA Vitse-prezidenti (2ta) lavozimlariga:

-Ikramov Azizbek Isroilovich

-Usmanov Jaxangir Mirabrorovich

-Abdullayev Mehriddin Razzoqovich

-Zikriyayev Raxmiddin Egamovich

-Isroilov Shoakrom Xolmatovich

-Karimov Dilshod Murodjanovich

Ijroiya qo'mita (9 ta) a'zoligiga:

  1. Mirobidova Edita Lukmanovna
  2. Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich
  3. Isoqov To'lagan O'lmasovich

Qolgan 13 ta nomzod O'FA Ustavining 30-moddasi 3 bandiga asosan kamida 3 ta a'zo tashkilot tomonidan qo'llab-quvvatlanmaganligi sababli ro'yxatga kiritilmadi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov Kongressi kun tartibi:

1.) O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2021 yil 19 iyunda o'tkazilgan navbatdan tashqari Kongress bayonini tasdiqlash.

2.) O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining tasdiqlangan Ustaviga asosan mustaqil qo'mitalar va yurisdiksiya organlarining faoliyatini samarali tashkil etish to'g'risida.

3.) Moliyaviy hisobot va yillik hisobotni o'z ichiga olgan yillik auditorlik hisobotni tasdiqlash.

4.) O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi faoliyati to'g'risidagi hisobot.

5.) O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti, Vitse-prezidentlari va Ijroiya Qo'mita a'zolarini saylash