Afg'oniston ayollar futbol jamoasi Pokistonga evakuatsiya qilindi

0

Afg'oniston ayollar futbol jamoasi «Tolibon» tahdididan so'ng Pokistonga evakuatsiya qilingan.

«Dawn» internet nashrining xabar berishicha, 14 sentyabr kuni afg'onistonlik futbolchilar oilalari bilan «Torham» nazorat-o'tkazish punkti orqali Pokistonga olib o'tilgan.

Avvalroq, AQSh milliy futbol terma jamoasining sobiq futbolchilari mamlakat hukumatini afg'onistonlik futbolchilarga gumanitar boshpana berishga chaqirgan edi.

«Futbol bo'yicha Afg'oniston ayollar milliy terma jamoasi ta'qib qilinmoqda, ularning hayoti xavf ostida va bularning barchasi ular o'zlariga yoqqan sport turi bilan shug'ullangani uchun bo'lmoqda. Evakuatsiya jarayonidagi qiyinchiliklarga qaramay, sizdan jiddiy xavf ostida bo'lgan afg'onistonlik futbolchilarni zudlik bilan himoya qilishni so'raymiz», deyiladi AQShlik sobiq futbolchilar bayonotida.

xs.uz

loading...