Andijonda qishki mavsumga aholi uchun kelgan ko'mirni yashirin ravishda sotayotgan shaxslar aniqlandi

0

15 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi Savay bekatida xavfsizlikni ta'minlash bo'linmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoiy harakatning oldi olindi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob'ektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumanidagi ko'mir tarqatish omboriga 2021-2022 yil uchun qishki mavsumga aholi va byudjet tashkilotlari uchun kelgan ko'mir mahsulotlarini sotayotgan shaxslar aniqlangan.

Fuqarolarning shaxsi aniqlanganda, ulardan biri ombor ishchisi 1995 y.t. D.J. hamda 1996 y.t. J.J. va 1996 y.t. I.e.lar ekani aniqlangan.

Ikki shaxs o'zaro til biriktirib «Kamaz» rusumli avtomashinaga 18 720 kg. ko'mir mahsulotini yashirin ravishda hech qanday hujjatlarsiz sotib daromad topish maqsadida Qo'rg'ontepa tumani Guliston MFY hududiga to'kkan vaqtlarida TXTB xodimlari tomonidan aniqlanib ushlandi.

iiv.uz

loading...