Angor tumanida o'g'irlik jinoyatini sodir etgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

0

Angor tumanida 2021 yil 7 avgust kuni, tumanning «Navbahor» mahallasida yashovchi, S.Gulnora tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 7 avgust kuni noma'lum shaxs, yashash uyi yotoqxonasida turgan seyf ichidan 500 AQSh dollari, jami qiymati 50.381.100 so'm bo'lgan 5 dona tillo uzugi, 2 juft tillo ziraklari, 1 dona tillo zanjirini va 1.000.000 so'm bo'lgan 2 dona kumush taqinchoqlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi, J.Lobar sodir etganligi aniqlangan.

13 avgust kuni J.Lobarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g” bandi jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

loading...