AQSh Rossiyani eng yirik harbiy hatar, deb atadi

0

Rossiya yaqin kelajakda NATO uchun asosiy harbiy tahdid bo'lib qolaveradi, dedi AQShning Shimoliy Atlantika alyansi huzuridagi doimiy vakili lavozimiga nomzod bo'lgan Juliana Smit Kongress eshituvida.

«»Rossiya Yevro-Atlantika mintaqasi uchun eng katta geosiyosiy tahdid bo'lib qolmoqda va shubhasizki, NATO alyansi uchun yaqin kelajakda va albatta, keyingi o'n yillikda eng katta harbiy tahdid bo'lib qoladi», – deb bayonot qildi Smit.

 

Siyosatchi so'zlariga ko'ra 2014 yil Ukrainada inqiroz avj olganida, Shimoliy atlantika alyansi, Moskvaga qarshi turish qobiliyatini kuchaytirish borasida ko'p narsalarga erishdi, biroq hali qilinadigan ishlar ham ko'p.

«Rossiya tajovuzkorligi davom etmoqda, biz Rossiyani uning barcha harakatlari uchun javobgarlikka chaqirmog'imiz kerak — bunda gap u tomonidan yo'l qo'yilayotgan konvensional imkoniyatlar, NATO havo hududiga kirish, qo'rqitish aksiyalari va kiber hujumlar haqida bormoqda «, — dedi Smit.

Siyosatchi ayol bergan va'dalarga ko'ra, agar u elchi lavozimiga tayinlanadigan bo'lsa, amerikalik ittifoqdoshlar va sheriklar bilan birgalikda Rossiyaning «Shimoliy oqim-2» eksport gazquvurining ekspluatatsiyaga kiritilishi oqibatida AQSh uchun xush ko'rilmagan oqibatlarni yo'qotish ustida ish olib boradi.

 

Diplomatik lavozimga nomzod «Shimoliy oqim-2″ni «yomon bitim» va «geosiyosiy loyiha» deb atadi, uni nazdida bu loyiha Yevropa va birinchi navbatda Ukraina energetika xavfsizligi uchun o'ta xavfli sanaladi.

Bundan tashqari, Smitning aytishicha, u Turkiya oldida «murakkab savollarni» qo'yishni va rasmiy Anqarani Rossiyaning S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qilishdan voz kechishga ko'ndirishga qaratilgan harakatlarni davom ettiradi.

loading...