Kollej va texnikumlarga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

0

Abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga kollej.edu.uz va texnikumlarga texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirilmoqda.

Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro'yxatdan o'tiladi: elektron ariza to'ldiriladi; umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom nusxasi yuklanadi; pasport ma'lumotlar kiritiladi. Yuridik texnikumlar bundan mustasno.

Ma'lumot o'rnida, prezident qarori bilan 2021/2022 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum faoliyati yo'lga qo'yildi.

loading...