Navoiyda ikki do'st o'g'rilik sabab qo'lga tushdi

0

Karmana tumanining «Ayronchi» mahallasida o'ynab katta bo'lgan 19 yoshli ikki sinfdosh o'rtoq I.J va M.O kun bo'yi uyda uxlab kech tushganida esa ko'chada yurishga odatlanib qoldi.

Ota-onasining tanbehlariga yosh bola emasligini ro'kach qilib e'tiroz bildira boshladi. Hunar o'rganib biror joyda ishlashniku xayoliga ham keltirmadi. Ana shunday kunlarning birida o'zidan 20 yosh katta X.Z bilan tanishib oldi-qochdi gaplar bilan suhbatlashib yurishdi. X.Z bir kuni ularni o'zi yashab turgan uyga mehmonga chaqirdi. Mehmondorchilik nihoyasida I.J va M.O uy egasini 2 mln 500 ming so'mlik «Samsung A-21» rusumli telefon apparatini o'g'irlab ketishdi. Munosabatlar esa shu joyda yakun topdi.

Mahalladoshlar o'zlarining telefon raqamlarini o'zgartirib o'g'irlagan buyumni sotib yuborishdi. Pulini esa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan I.J va M.Olarga nisbatan Jinoyat kodeksining 171-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

loading...