OYoQ NEGA UVIShADI?

0

Agar oyoqlaringiz uvishib, igna sanchayotganini sezsangiz, o'rningizdan turib xona bo'ylab yuring. Shunday kezlarda «igna»lar faollashsa cho'chimang, bu qisqa fursatda o'tib ketadi.
Ko'p o'tirganingiz tufayli oyoqlaringiz uvishsa, «balerina» bo'lib, oyoq uchida yuring. Bu harakatni 10 marta takrorlang. Bu mashq qon aylanishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, oyoqlaringizni uqalash ham foyda beradi.

Organizmingizga:
➖ temir;
➖ kalsiy;
➖ magniy kabi moddalar yetishmasa ham shunday alomatlar kuzatilishi mumkin.

Bundan tashqari yosh ulg'aygan sari oyoqlar uvishishi mumkin. Agar doimiy ravishda shunday holat kuzatilsa, insultning oldini olish chora-tadbirlarini ko'rgan ma'qul.
Oyoq venalarida, ya'ni qon tomirlarida aterosklerotik blyashkalar bo'lishi mumkin. Shu bois qizil lavlagi va yasmiq (chechevitsa), tuxum, yong'oq, salat barglari iste'mol etishni kanda qilmang.

SoglomHayot

loading...