Samarqandda eronlik fuqarolar do'kondan 5100 dollarni o'g'irlab ketdi

0

Samarqand viloyati Payariq tumanidagi do'kondan 5100 dollar o'g'irlandi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, hodisa shu yil 12 centyabr kuni sodir bo'lgan. Do'kon egasi IIBga ariza bilan murojaat qilib, o'sha kuni do'konga ikki nafar chet ellik fuqaro kelganini va 100 dollarni ikkita 50 dollarlikka maydalab berishni so'raganini, shu vaqtda uning seyfida bo'lgan 5100 dollarni o'g'irlab ketganini aytgan. Tezkor tadbir davomida ushbu ish doirasida ikki nafar eronlik er-xotin ushlangan. Ular Toshkentda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Holat bo'yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...