Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan uchrashuv o'tkazdi

0

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o'tkazdi.
Muzokaralar davomida Pokiston va O'zbekiston orasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Afg'onistonda sodir bo'layotgan voqealar va mintaqada xavfsizlikni ta'minlash yuzasidan fikr almashildi va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi, – deyilgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, 17 sentyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda Shanxay hamkorligi tashkilotining yubiley sammiti bo'lib o'tadi. Tashkilotning 20-yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan ushbu tadbirda a'zo davlatlar – Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston prezidentlari ishtirok etadi. Undan tashqari Belarus, Mongoliya, Eron va Afg'oniston – kuzatuvchi mamlakatlar maqomida ishtirok etishadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin onlayn ishtirok etishni rejalashtirgan.

loading...