O'zbekiston hozircha KXShTga a'zo bo'lishni rejalashtirmayapti

0

O'zbekiston hozircha KXShTga a'zo bo'lishni rejalashtirmayapti.

O'zbekiston hozircha Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a'zo bo'lishni rejalashtirmayapti, dedi KXShT bosh kotibi Stanislav Zas kengash yig'ilishida.

“O'zbekiston hozircha KXShTga kirishni rejalashtirmayapti va biz hech kimni o'z safimizda bo'lishga majburlamaymiz”, – dedi u.

Uning so'zlariga ko'ra, har bir davlat qaerda va qaysi tashkilotda bo'lishini tanlash huquqiga ega. KXShT hech qachon bu davlatlarning qarorlariga ta'sir ko'rsatmaydi.

Bugun Dushanbeda KXShTga a'zo bo'lgan davlatlar yetakchilari sammiti bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston 1992 yilda tashkilot tashkil etilganidan buyon a'zo bo'lgan, lekin ikki marta undan chiqib ketgan. 2012 yilda tashkilotdagi faoliyatini to'xtatish to'g'risida nota yuborildi. Toshkent o'z qarorini ikki tomonlama hamkorlik ustuvorligi bilan izohladi.

 

 

loading...