Bugun Abdulla Qahhor haqida hujjatli filmning premyerasi bo'lib o'tdi

0

Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi, taniqli adib Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqidagi “Haqiqat mendan ustun” hujjatli filmi premyera qilinadi. Kinokartina Kinematografiya agentligining “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.

Premyeradan avval, adib haykali poyida tadbir tashkil etildi. Toshkent moliya instituti professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirokida ma'ruzalar tinglandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kinoijodkorlar bilan o'tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda “Xalq yuragi” turkumidagi 24 nafar adiblarga bag'ishlangan filmlar yaratildi.

Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, G'afur G'ulom, Ogahiy kabi filmlar premyera qilingandi. 29 sentyabrga qadar Cho'lpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo'lib o'tadi.

Barcha premyeralar Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda.

loading...