Marafon sabab Chorvoqqa olib boruvchi yo'l vaqtincha yopiladi

0

18-19 sentyabr kunlari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani hududidan o'tgan avtomobil yo'lida «SKY CAMP» nomli marafon o'tkaziladi.

Shu munosabat bilan marafon kunlari soat 07:00 dan 11:00 ga qadar tuman hududidan o'tgan 4R10 «Chorbog' suv ombori xalqa avtomobil yo'li»ning 0-kilometridan 13-kilometrigacha bo'lgan masofada harakatlanish vaqtincha cheklanadi, deb xabar berdi  YHXBB.

Mazkur vaqtda haydovchilarga 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo'lining 54-kilometridan 96-kilometrigacha bo'lgan yo'l orqali, yani Chimyon qishlog'i orqali aylanib o'tish tavsiya etiladi, ta'kidlab o'tdi boshqarma.

loading...