Samarada ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo'yilgan migrantlarga yordam berildi

0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga Chernorechye tumanida joylashgan issiqxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 31 nafar O'zbekiston fuqarolari murojaat kelib tushdi.
Murojaat issiqxonaga borib, o'rganildi.

Ma'lum bo'lishicha, o'zbekistonliklar issiqxonaga og'zaki kelishuv asosida kelgan va mehnat shartnomasi tuzilmagan. Shuningdek, hujjatlari ish beruvchi tomonidan olib qo'yilib, ularning kamida 1 oylik ish haqi (40 ming rubl) ushlab qolingan.
Vakolatxona mas'ullari tomonidan ish beruvchi bilan muzokaralar o'tkazilib, fuqarolarning pasportlari olib berildi va oylik maoshlari to'liq to'lanishi nazoratga olindi.

loading...