O'zbekistondagi “Afrosiyob”lar soni yana bittaga ko'payadi

0

“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlari soni yana bittaga ko'payadi. Bu haqda O'zbekiston temir yo'llari AJ ma'lum qildi.

 

Xabarga ko'ra, Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi hamda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ o'rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Afrosiyob” poezdining yana bitta harakat tarkibi O'zbekiston tomon yo'l olgan.

 

Poezd Ispaniyaning Bilbao portidan kema orqali bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg portiga yetib kelgan.

 

Safarning mazkur bosqichida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poezdni relsga qo'yib mamlakatimizga olib kelishga harakatlarini boshladilar.

loading...