Namanganlik erkakni o'zidan 15 yosh katta bo'lgan shar'iy nikohidagi ayolining o'g'li pichoqlab tashladi

0

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu mudhish voqea 2021 yil 15 sentyabr kuni soat 00:30 larda, Chust tumanida sodir bo'lgan.

Tumanda yashovchi, 1991 yilda tug'ilgan fuqaro shar'iy nikohida bo'lgan, 1976 yilda tug'ilgan ayol bilan uning yashash uyida o'zaro janjallashib qolishadi. Shu paytda, ayolning 2002 yilda tug'ilgan o'g'lini jahli chiqib, oshxonada bo'lgan pichoqni olib chiqib, o'gay otasining qorin qismi o'ng tomoniga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat bo'yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 sentyabr' kuni O'z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

 

loading...