Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqich natijalari e'lon qilindi

0

Prezident ta'lim muassasalari agentligining bildirishicha, Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gven Kodvell 2-bosqich imtihon natijalari chiqqanini rasman ma'lum qilgan.

Test natijalarini ushbu havola orqali ko'rish mumkin.

Eslatib o'tamiz, 21–22 avgust kunlari respublika bo'ylab 14 ta hududda prezident maktablarining 5–10-sinflariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o'tkazilgandi. 2-bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshirishgandi.

loading...