Tolibon Afg'onistonning yangi qonuni loyihasini ishlab chiqdi

0

Tolibon” harakati Afg'onistonning yangi asosiy qonuni loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda “Tolibon” ishlab chiqqan Konstitutsiya nusxasini qo'lga kiritgan “Aamaj News” nashri xabar berdi.

Nashrga ko'ra, “Tolibon”ning Konstitutsiya loyihasida Afg'oniston Islom Amirligining asosiy prinsiplari o'z aksini topgan. Hujjat 12 bob va 179 banddan iborat. Unda qonunlar va siyosat faqat hanafiylik yurisprudensiyasiga asoslanishi ko'rsatilgan. Barcha afg'on fuqarolari hech bir ayirmachiliksiz, teng huquqli, deb e'lon qilinadi.

Hujjatga ko'ra, hukumat islom ilmini rivojlantiradi va diniy maktablar tashkil qiladi. Yangi afg'on hukumatining bayrog'i oq rangda bo'ladi. Pushtu va dari tillari mamlakatning rasmiy tili bo'ladi. O'rta maktabda arab tili o'qitiladi.

RBK

loading...