O'zbekiston futzal terma jamoasi ilk marta Jahon chempionatining pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi

0

O'zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turi doirasida 18 sentyabr, shanba kuni Misrga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 2-daqiqada Husniddin Nishonov kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi. Birinchi bo'lim yakunida esa Mustafa Eid o'zbekistonlik futzalchilarning xatosi tufayli muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi.

34-daqiqada Anasxon Rahmatov yon chiziqdan oshirilgan to'pni super zarbasi bilan misrliklar darvozasiga joylab qo'yib, O'zbekistonga g'alaba keltirdi.

Guruhning ikkinchi o'yinida RFI (Rossiya) Gvatemalani 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Shu tariqa O'zbekiston B guruhida 3 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Dastlabki ikki bahsda O'zbekiston RFI (2:4) va Gvatemalaga (4:5) mag'lub bo'lgandi.

loading...