O'zbekistondagi maktablarda yana koronavirus aniqlanmoqda

0

Qashqadaryo viloyatida epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi kunlarda kasallik Yakkabog' tumanidagi 4 ta maktabda aniqlangan. Xususan, 5- sonli maktabda 31 nafar o'quvchida, 2-sonli maktabda 5 nafar o'quvchida, 83-sonli maktabda 1 nafar o'quvchida va 27-sonli maktabda 4 nafar o'quvchida kasallik aniqlangan.

5-sonli maktab karantinga yopilgan. Boshqa maktablarda esa kasallik aniqlangan sinflar yopilgan. Ta'kidlash joiz, barcha o'quvchilar kasallikni yengil o'tkazayotgani uchun uyda davolanmoqda.

loading...