Saudiya Arabistoni qirollik oilasiga tegishli «Boeing 737» samolyoti sotuvga qo'yildi

0

Ma'lum bo'lishicha,1999–2000 yillarda ishlab chiqarilgan «Boeing 737» avval Saudiya qirollik oilasi a'zosiga tegishli bo'lgan. Samolyot ishlab chiqarilganiga ancha vaqt bo'lganiga qaramay, jami bo'lib atigi 6602 soat parvoz qilgan. Qayd etilishicha, samolyotdan 22 yil davomida juda kam foydalanilgan.

Ta'kidlanishicha, «Boeing 737» bortida maksimal qulaylik bilan 25 tagacha mehmon joylashishi mumkin. Uning ichki qismi och jigarrang rangda ekani va salonga oltin bilan ishlov berilgani aytilgan. Samolyot ichida katta yotoqxona va ikkita oshxona bor. Samolyot egasining haqiqiy ismi oshkor qilinmagan. Sotuv e'lonini yaqinda qirollikda boshlangan korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog'liqligi ta'kidlangan. Samolyotning taxminiy narxi — 25 million dollar.

kp.ru