Tabiiy uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida O'zbekiston beshinchi o'rinni egalladi — WNA

0

Butunjahon yadro assotsiatsiyasi (World Nuclear Association, WNA) ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda tabiiy uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida O'zbekiston beshinchi o'rinni egallagan.

WNA 2020 yil O'zbekistonda qazib olingan uran hajmini, 2019 yilgi ko'rsatkich saqlanib qolgani holda, 3500 tonnaga baholagan (2018 yil 3445 tonna).

Manbalarning ta'kidlashicha, O'zbekiston qazib olgan uranni mamlakatda qayta ishlamaydi, uni to'liq hajmda xorijga eksport qiladi.

2020 yil qazib olingan jami uranning eng katta ulushi (dunyo bo'yicha yalpi taklifning 41 foizi) Qozog'iston hissasiga to'g'ri kelgan — 19,5 ming tonna. Keyingi o'rinlarni Avstraliya (6,2 ming tonna), Namibiya (5,4 ming tonna) va Kanada (3,9 ming tonna) egallagan.

world-nuclear.org

loading...