Afg'onistonning doimiy hukumatini tuzish bir necha oy davom etishi mumkin

0

Bu haqda NHK telekanali Tolibonning Qatardagi siyosiy idorasi rasmiy vakili Suhayl Shahinning so'zlariga asoslanib xabar berdi.

 

«Vazirlar hali ham o'zgarishi va hukumatning yakuniy tarkibini shakllantirish uchun bir necha kun yoki oy kerak bo'lishi mumkin», – dedi u.

 

Shuningdek, Shahin toliblar «yangi bosqichga o'tishga va AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni o'rnatishga» tayyorligini qo'shimcha qildi.

 

Biroq unga ko'ra, Afg'oniston jiddiy gumanitar inqirozni boshdan kechirayotgani bois AQSh afg'on aktivlarini eritishi kerak.

loading...