Juma namozlarini faqat ochiq sahnalarda ado etilishiga oid cheklov bekor qilindi

0

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig'ilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma'naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o'tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilingani haqida xabar bergan edik.

Jumladan, Respublika maxsus komissiyasining majlisida O'zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2021 yil 24 sentyabrdan e'tiboran juma namozi va boshqa namozlarni masjidlarning faqat ochiq sahnalarida ado etilishiga oid cheklovni bekor qilish to'g'risidagi taklifi ko'rib chiqildi hamda ma'qullandi, deya xabar bermoqda Sog'liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Maxsus komissiya Qarori bilan O'zbekistonda to'ylarni 100 kishilik qilib o'tkazishga ruxsat berilgan edi.

loading...