Jurnalistning o'limiga sabab bo'lgan ayanchli avtohalokat haqida ma'lumot berildi

0

Sal avval xabar qilganimizdek, «Xalq so'zi» gazetasi jurnalisti, «Xalq so’zi online» nashri bosh muharriri Saidjon Maxsumov mudhish avtohalokatga uchrab, halok bo'ldi.

IIV YHXBB Axborot xizmati mazkur mudhish YTH bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Aniqlanishicha, kecha, 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Sarimoy qishlog'i hududidan o'tgan A-380 «G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo'lining 493-kilometrida, haydovchi, 1996 yilda tug'ilgan A.M. boshqaruvidagi «Tacuma» rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug'ilgan B.M. boshqaruvida bo'lgan «Isuzu» rusumli avtomobillar ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan.

Natijada, «Tacuma» rusumli avtomobil haydovchisi A.M. hodisa joyida, ushbu avtomobil yo'lovchilari S.M. (tah: jurnalist Saidjon Maxsumov) shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q.lar shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal'a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...