Perm universitetida otishma: qurbonlar bor (video)

0

Rossiyaning Perm davlat universitetida otishma ro'y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, qurollangan yosh yigit travmatik quroldan o't ochgan. Rossiya Tergov qo'mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, sakkiz kishi halok bo'lgan, yana bir necha kishi yarador bo'lgan.

Hozir hujum qilgan shaxs qo'lga olingan, u yaralangani aytilmoqda. Uning shaxsi aniqlangan va bu universiteti talabasidir.

Rossiya JKning qotillik moddasi bilan jinoiy ish ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hukumat qurbonlar oilalariga va jabrlanganlarga yordam berishga va'da berdi.

 

loading...