Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida nutq so'zlaydi

0

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'yicha saylovoldi kampaniyasi faol pallaga kirayotgani munosabati bilan Prezident matbuot kotibi tomonidan o'tkazib kelinayotgan haftalik brifinglar vaqtincha to'xtatib turiladi.

Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlatimiz rahbari ishtirokidagi joriy haftaga rejalashtirilgan tadbirlar to'g'risida ma'lumot ushbu kanalda va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimda berib boriladi.

Xususan, bugun Prezident huzurida qator ob'yektlar qurilishiga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tadi. Yangi onkologiya markazi, Milliy kutubxona va «Yangi O'zbekiston» universiteti binolari loyihalari shular jumlasidan.

Ertaga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi va sessiyaning birinchi kunidayoq yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda nutq so'zlaydi.

loading...