«Tolibon» ayollarga cheklov qo'yishni davom etmoqda

0

Kobul shahar boshqaruv tizimida erkaklar bajarishi mumkin bo'lgan lavozimlarda ishlaydigan ayollar uyda qolishi va ishga bormasligi buyurildi. Bu haqda shahar meri vazifasini bajaruvchi Hamdulloh No'moni so'zlaridan iqtibos keltirgan holda RIA Novosti ma'lum qilmoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, shahar iqtisodiyot tizimida 2,9 ming kishi ishlaydi. Ularning 27 foizi, jumladan, tuman hokimligida, qurilish va muhandislik sohalarida ishlaydiganlar ayollardir.

«Biz ish joyida erkaklar o'rnini bosa olmaydigan yoki ishi erkaklarniki bo'lmagan ayollarga o'z ish o'rinlariga qaytishga ruxsat berdik. Ular har kuni ishga borishadi. Masalan,shahardagi ayollar xojatxonasida ishlash uchun erkaklarga ruxsat berilmaydi», — deydi shahar hokimi.

Uning qo'shimcha qilishicha, tumanlarda va markaziy idorada ayol xodimlar bor, ular erkaklar bilan almashtirilmaydi: ular elektr va qurilish sohalarida ishlaydi.

«Ammo boshqalar (erkaklar) egallashi mumkin bo'lgan lavozimlarga kelsak, biz ularga (ayollar) vaziyat normallashguncha uyda qolishni tayinladik. Ularning maoshi to'lab boriladi», — deydi No'moni.

loading...