Bog'chada sodir bo'lgan yong'inning sababi aniqlandi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda 20 sentyabr kuni soat 11:30 da Andijon shahri, 2-kichik dahasida joylashgan 38-bolalar bog'chasi hududida yong'in sodir bo'lgani to'g'risida xabarlar tarqaldi.

 

FVV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, ushbu manzilda haqiqatda ham yong'in sodir bo'lgan va qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong'in qisqa muddatda to'liq bartaraf etilgan.

 

Aniqlanishicha bog'chada ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli vaqtincha ish faoliyati to'xtatilgan. Yong'in oqibatida bog'cha hadudida 2 kv.m maydonda qurilish chiqindilari va xas-hashaklar yongan.

 

Hodisa oqibatida halok bo'lgan va jabrlanganlar yo'q.

 

Andijon viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, yong'in bog'cha hududida olib borilayotgan qurilish ishlari davomida quruvchilarning ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqqan.

 

“Mazkur tashkilotda tarbiyalanuvchi bolalar yo'qligi, qurilish olib borilayotgan tashkilot binosiga talafot va ishchilarga tan jarohati yetmaganligini ma'lum qilamiz”, – deyiladi xabarda.

loading...