Jizzax shahrida 20 yoshli qizni Spark da o'g'irlab ketgan shaxs qo'lga olindi va…

0

Jizzax shahrida 20 yoshli qizni Spark da o'g'irlab ketgan shaxs qo'lga olinib, jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 7 sentyabr kuni Jizzax shahar «Jizzaxlik» mahalasida yashovchi fuqaro shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni shaharning «Zargarlik» mahallasi hududida 2001 yilda tug'ilgan qizni o'ziga oldindan tanish bo'lmagan shaxs zo'rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketganini bildirgan va mazkur shaxsni topib, unga qonuniy chora ko'rilishini so'ragan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumonlanuvchi yigit qo'lga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Aniqlanishicha, u avval bezorilik jinoyatlarini sodir etib, o'z qilmishlari uchun jazolangan bo'lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumanida 20 yoshli qizni Nexia’da o'g'irlab ketgan uch yigitga jinoyat ishi qo'zg'atilgani haqida xabar berilgan edi.

loading...