«Namanganda do konsa boradigan GAI» videosi yuzasidan ma'lumot

0

-Joriy yilning 28 avgust kuni Namangan viloyati hududidan o'tgan A-373 “Toshkent-O'sh” avtomobil yo'lining 254-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori M.Muzaffarov tomonidan “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi uchun to'xtatilgan va unga nisabatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

-Shundan so'ng, haydovchi qo'l telefoni orqali jarayonni tasvirga olib, inspektor yashirin tarzda xizmat olib borayotganligini aytib turli e'tirozlar bildirgan. YPX inspektori haydovchiga xizmat olib borayotgan joyda yuk avtomobillari texnik nosozlik sabab to'xtab qolganligini, yashirin xizmat olib bormayotganligini tushuntirgan.

-Ayrim norasmiy sahifa egalaridan shu kabi holatlarga oydinlik kiritmasdan o'z sahifalarida asossiz izohlamasliklarini so'raymiz.

loading...