«Neksiya 3» avtomobilidan noma'lum moddalar topildi

0

«Sharq» YPX maskanida «Neksiya 3» rusumli avtomobil to'xtatilib tekshirilganda.

 

⚡️Joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 22:00 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari M.Tashboyev, F.Djurayevlar tomonidan haydovchi, 1985 yilda tug'ilgan, M.A. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomobil to'xtatilib tekshirilganda, uning salonidan oq qog'oz parchasiga o'ralgan, yashil rangli, o'tkir hidli quritilgan o'simlik moddasi hamda sellofan parchasiga o'ralgan, jigar rangli, o'tkir hidli, saqichsimon modda topilib, xolis va guvohlar ishtirokida tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

‼️Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi M.A. va aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

loading...