Olmazor tumanida fuqaroning 40 000 AQSh dollarini qo'lga kiritgan firibgar aniqlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo'limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro A.I. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali Yakkasaroy tumani hududidan 40 sotix yer maydoni ajratib, doimiy foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 40 000 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...