Oybek haqidagi hujjatli film premyera qilindi

0

Bugun Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Bayram” studiyasi hamda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda suratga olingan «Oybek» hujjatli filmining premyerasi bo'lib o'tdi. Kinokartina O'zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek hayoti va ijodiga bag'ishlangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig'i ijrosini ta'minlash maqsadida yaratilgan.

 

Premyeradan avval adib poyiga gulchambar qo'yildi. Institut professor-o'qituvchilari tomonidan ma'ruzalar tinglandi.

«Oybek» hujjatli filmi ssenariy muallifi va rejissyor Eljon Abbosov, operator Rahmatilla Yoqubov, kompozitor Rumil Vildanov, film direktori Baxtiyor Asilov.

Avval Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor, kuni kecha esa Zulfiya haqidagi film premyera qilingan edi. 29 sentyabrga qadar Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo'lib o'tadi.

 

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

 

 

loading...