Qashqadaryoning go'shtlariga ham ishonch qolmadi

0

Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan iste'molga yaroqsiz 200 kg go'sht aniqlandi.

Qashqadaryodagi UMK yo'l patrul xizmati maskani yonida to'xtatilgan avtomashinada sifatsiz 200 kilogramm go'sht mahsuloti olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo–Toshkent yo'nalishida harakatlanib kelgan Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo'lgan Lacetti avtomashinasi tekshirilganda hech qanday veterinariya ma'lumotnomalarisiz sellofan paketlarda jami 200 kilogramm og'irlikdagi kelib chiqishi noma'lum bo'lgan hayvonning lahm go'shti olib ketilayotgani aniqlandi.

Bu go'sht mahsuloti Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan namunalar olib tekshirilganda tuman ekspertiza laboratoriyasining xulosasiga asosan iste'molga yaroqsiz deb topildi.

Go'sht mahsulotlari tegishli tartibda yo'q qilindi. Holat yuzasidan to'plangan hujjatlar qonuniy chora ko'rish uchun tegishli idoralarga topshirildi.

loading...