Qoraqalpog'istonning 422 ta mahallasida “hokim yordamchisi” lavozimi joriy etiladi

0

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugungi Qoraqalpog'istonga safari chog'ida taklif kiritdi. Mahallalardagi hokim yordamchilari tadbirkorlarning loyihalariga yordam beradi, kasb-hunarga o'qitish, tomorqa, bo'sh yer va binolardan unumli foydalanishni tashkil etadi. Bu orqali yangi ish o'rinlari yaratish, jon boshiga daromadni oshirish va kambag'allikni qisqartirishga mas'ul bo'ladi.

 

» – Mahallaning dardini bilgan hokim, vazir eng yaxshi rahbar bo'ladi. Mahalla kim- xalq!

 

Hokim yordamchilari qo'lida o'zining byudjeti bo'ladi, mahallaga biriktirilgan soliq, bank, yo'l va boshqa idoralar xodimlari bilan birga ishlaydi.

 

Hokim yordamchilari soliq, bank, iqtisodiyot, investitsiya, moliya idoralari, hokimiyatda ishlaydigan bilimli va fidoyi yoshlar orasidan tanlanadi.

 

Ular yangi tizim bo'yicha ishlashga o'qitiladi va ishining natijasiga qarab yaxshi oylik to'lanadi. 2-3 yil mahallada ishlab, yaxshi natija ko'rsatgan hokim yordamchilarini, kelgusida hokim va vazir lavozimlariga qo'yiladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

loading...