Samarqandda 22 yoshli qizni sotmoqchi bo'lganlar ushlandi

0

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va estremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir o'tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, 1992-yilda tug'ilgan, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi A.A., Turkiya davlatining Istambul shahrida yashab kelayotgan onasi, 1973-yilda tug'ilgan O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 1999-yilda tug'ilgan M.ni aldov yo'li bilan, kelgusida fohishalik maqsadda ishlatish uchun Samarqand xalqaro Aeroporti orqali, Turkiya davlatining Istambul shahriga yuborayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur xolat yuzasidan, Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergvo bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...