Sirdaryoda sudya yordamchisi olgan porasini qaytarib berayotganda ushlandi

0

Sirdaryo viloyatida sudya yordamchisi qo'lga olindi.

Ma'lum bo'lishicha, Guliston tumanlararo ma'muriy sudining sudya yordamchisi R.N. fuqaroning 5,5 mln so'm jarimasini kamaytirib berish uchun 2 mln so'm olgan. Lekin oradan vaqt o'tib fuqaro sudya yordamchisi tomonidan hech narsa qilinmaganini bilib qoladi va huquq tartibot organlariga murojaat qiladi.

 

Sudya yordamchisi o'sha olgan pulini fuqaroga qaytarib berayotganda esa ushlangan. Holat bo'yicha tergov davom etmoqda.

loading...